Moskvaning Tver sudi moldaviyalik biznesmen, Moldaviya demokratik partiyasining sobiq rahbari Vladimir Plaxotnyukni Rossiyadan 37 mlrd rubl olib chiqib ketganlikda aybladi. Bu haqda sud matbuot kotibi Olga Bondareva ma’lum qildi.
Bondarevaning so‘zlariga ko‘ra, u uyushgan jinoiy guruh tuzish hamda soxta hujjatlar yordamida yirik miqdordagi mablag‘ni norezidentlar hisob raqamiga o‘tkazishda ayblanmoqda.
Plaxotnyuk ikki oyga hibsga olingan. Bu uning Rossiyada ikkinchi marta sirtdan hibsga olinishidir.
Plaxotnyuk va uning ishonchli vakili Konstantin Sutsuga yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini kontrabanda qilish va tarqatish ayblovi sirtdan e’lon qilingan, dedi IIV vakili Irina Volk. Ma’lum qilinishicha, u jinoiy narkosindikatga rahbarlik qilgan va uning a’zolarini himoya qilib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi