date
views 3 197

Internetdagi "dugonalar"

Internetdagi "dugonalar"
2012 yilning yoz faslida Kaluga yaqinida dachalarda yashovchi fuqarolar tomonidan ayovsiz pichoqlangan yosh ayol jasadi aniqlanadi. Halok bo‘lgan ayol 22 yoshda bo‘lgani, shu joyga yaqin qishloqda yashashi, viloyat markaziga pul ishlash ilinjida kelgani aniqlanadi. Tezkor xodimlar uning tanishlarini topishadi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalarini qunt bilan o‘rganadilar.

Ma’lum bo‘ladiki, kelgindi ayol bir necha oy davomida 24 yoshli kalugalik bir ayol bilan o‘ta faol muloqotda bo‘lgan. Ular bir-biri bilan shaxsiy hayotlaridagi tafsilotlar bilan bo‘lishganlar va bu oxir-oqibat ular o‘rtasida janjalni yuzaga keltirgan. Eriga xiyonatda ayblangan kalugalik ayol o‘z suhbatdoshidan o‘ch olishni maqsad qilib qo‘ygan va buning uchun hatto reja tuzgan. Ikki eski tanishi unga yordamlashishga tayyorligini bildirishgan.

Rejalashtirilayotgan mudhish qasosdan bexabar qiz uy topishda yordamlashish bahonasida qishloqdan Kalugaga chaqirib olingan. U yerda qizni ikki yosh yigit kutib olgan va ijaraga olsa bo‘ladigan uyni ko‘rsatish bahonasida mashinaga o‘tqizishgan. Haqiqatda esa mehmon avtomobilda o‘rmonzorga olib borilgan, temir zanjir yordamida bo‘g‘ib tashlangan va tanasiga bir necha marotaba pichoq suqishgan. Qotillar tez orada tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilar ekanlar, internet foydalanuvchilari birinchi galda har qanday mojaro tusini olgan vaziyatni tahdidlar va haqoratlar bilan emas, balki xotirjam va dalillar bilan hal etish lozimligini yodda tutmoqlari shart. Chunki aks holda mojaro davomiy tus oladi, - deb qo‘shimcha qiladi Zыkov.

— Hozircha bu kabi muloqot qoidalari og‘izda mavjud, xolos. Biz tez orada ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri muloqot qilish, o‘zni tutish haqida maxsus broshyurani nashrdan chiqarmoqchimiz. Unda Internet etikasi, trollingga berilmaslik va boshqa hokazo qoidalar haqida ma’lumot beramiz. Chunki ba’zi odamlar boshqalar uchun haqoratli tuyuladigan narsalarni yozayotganliklarini ba’zan sezmaydilar".

Manba:sputniknews-uz.com
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internetdagi "dugonalar"