
An-12 samolyoti Lvov yaqinida favqulodda qoʻnish amalga oshirdi. Aviahalokat toʻgʻrisidagi xabar qutqaruvchilarga 4-oktyabr kuni tongda kelib tushgan.
Xabarda aytilishicha, samolyot qoʻnish chogʻida radar ekranlaridan yoʻqolgan. Tez orada layner uchish-qoʻnish yoʻlagidan 1,5 kilometr masofada avriyaviy qoʻnish amalga oshirgani maʼlum boʻlgan. Yongʻin kuzatilmagan, ekipaj aʼzolarini zarar yetgan samolyotdan yerga olib tushish choralari koʻrilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samoyot bortida sakkiz kishi boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra halok boʻlganlar bor. Hozirgacha besh nafar qurbon borligi aniq.
Avariyaviy qoʻnish yonilgʻi tugab qolganligi sababli amalga oshirilgan. Hozirda tergov ishlari boshlab yuborilgan. An-12 samolyoti Ispaniyaning Vigo shahridan Lvovga parvoz qilayotgan boʻlgan.
Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar