Hindistonning Odisha shtatida yashovchi ayol uni oyog‘idan tishlab olgan timsoh bilan bir soat kurashib, tirik qoldi. Bu haqda Odisha TV telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Sajani Malik ismli ayol Baytarani daryosiga tushlikdan keyin idishlarni yuvgani kelgan. Ayolning aytishicha, shu vaqt uni timsoh dumi bilan urib yiqitib, oyog‘idan tishlab, suvga torta boshlagan. Ayol o‘z hayotini saqlab qolish uchun jon holatda yaqin oradagi daraxtni ushlab olib, uni yordam kelmaguncha bir soat qo‘yvormagan.
Ayolni uning qaytmaganidan keyin xavotirlana boshlagan hamkasblari aniqlashgan. Ular timsohni quvib yuborishga muvaffaq bo‘lishgan va ayolni shifoxonaga olib borishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolga duyodagi eng yirik yirtqichlardan hisoblanuvchi taroqsimon timsoh hujum qilgan. Bu timsoh erkaklarining uzunligi 7 metrgacha va og‘irligi 2 tonnagacha yetishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi