1793 yilga oid 1 sentlik tanga AQShda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 2,35 mln dollarga sotildi

AQShning Florida shtatidagi Orlando shahrida numizmatika va tarixiy buyumlar ishqibozlari uchun o‘tkazilgan kim oshdi savdosida 1793 yilda ishlab chiqilgan 1 sentlik tanga 2,35 million dollarga sotib olindi. Bu haqda Heritage Auctions kimoshdi uyi bergan ma’lumotga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, AQSh ozodligidan biroz vaqt o‘tib, aynan 1793 yilda ilk marta mustaqil davlatning o‘z tangasi zarb etila boshlagan va bu tanga o‘shanda chiqarilgan tangalarning biri bo‘lgan. Bu tangada 13ta bir-biriga ulangan xalqachalar tasvirlangan bo‘lib, bu raqam o‘sha yillarda ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashgan 13ta shtat birdamligini ifodalaydi. Lekin, tez orada bu xalqalar qullik zanjirlarini eslatgani uchun, bunday tangalar o‘rnida boshqacha ko‘rinishdagi 1 sentliklar zarb qilingan edi.
Ushbu saqlanib qolgan yagona tanga nusxasini sotib olgan xaridor o‘z ismini oshkor etmagan. Bu tanga avvalgi egasi tomonidan, 1879 yilda ham kimoshdi savdosida 76 dollar evaziga xarid qilingan edi.
Foto: AP Photo/Heritage Auctions / Kun
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing