Foto: Arab News
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonida avtobus yonishi oqibatida ziyoratchilar halok bo‘lgani yuzasidan bayonot berdi.
Saudiya Arabistoni OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 16 oktyabr, chorshanba kuni Madina okrugining Al-Ahal tumanida 39 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus og‘ir yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda 35 kishi vafot etgan, 4 ta yo‘lovchi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan. Saudiya Arabistoni tegishli organlari va Qizil yarim oy boshqarmasining vakillari hodisa sabablari yuzasidan tekshiruvlarni boshlagan.
Saudiyaning SPA axborot agentligi vafot etganlarning Saudiya Arabistonida yashovchi Osiyo va arab mamlakatlaridan kelgan ekspatriantlar ekanini ma’lum qilgan.
«O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalariga mazkur hodisa oqibatida vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan», — deyiladi TIV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?