Foto: Reuters
Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqardi. Bundan tashqari, ular soni yaqin orada 8,6 ming nafargacha kamayishi mumkin.
AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini sekin-asta qisqartira boshladi va u yerdan 2 ming harbiysini olib chiqdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Ostin Skott Miller Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqarganini tasdiqlagan.
Ta’kidlanishicha, harbiylar olib chiqilishi Vashington “Tolibon” harakati vakillari bilan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishini ko‘zda tutuvchi kelishuvga erishmaganiga qaramay yuz bergan. Bundan tashqari, AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni yaqin orada 8,6 ming nafargacha kamayishi mumkin.
20 oktyabrda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda terrorchilikka qarshi masalalarni muhokama qilgan. Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlari sonining qisqarishi Afg‘onistonda harakat qiluvchi terrorchilik guruhlariga qarshi kurashga putur yetkazilmagan holda yuz beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi