date
views 3 609

Sirkda ayiq o‘z egasiga hujum qildi (video)

Sirkda ayiq o‘z egasiga hujum qildi (video)
Rossiyaning Olonets shahrida sirk tomoshasi vaqtida ayiq hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi. Videodan ko‘rish mumkinki, boshqa bir xodim ayiqni qaytarishga urinadi, uni uradi, tepadi. Bu kor qilmagach, elektroshokerdan foydalanib, yirtqichni tinchlantiradi.

Yaxshiyamki, ayiq hujumidan hech kim jiddiy jabrlanmagan. Hayvon o‘rgatuvchi tibbiy yordamdan voz kechgan.
Shunday bo‘lsa-da, mazkur ish yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Chunki tomosha paytida sahna va tomoshabinlar o‘rtasida himoyalovchi to‘siq bo‘lmagan. Sirkda esa bolalar ham bo‘lgan.

«Anshlag» sirki ma’muri Lyudmila Misnik tomosha vaqtida o‘rgatuvchiga ayiq hujum qilishida tomoshabinlarni ayblagan. Uning aytishicha, telefon va fotoapparatlarda suratga olish paytidagi chaqmoqlar yirtqichning jahlini chiqargan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sirkda ayiq o‘z egasiga hujum qildi (video)