
Prezident Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasidagi janglarni Respublikachilar partiyasi rahbariyati vakillari, shuningdek, ikki o‘g‘li, kichik Donald va Erik bilan birga kuzatdi.
Arenaga kirish qismida Trampga qarshi hayqiriqlar yangradi.
Qayd etish kerakki, bir necha kun muqaddam Vashingtonda beysbol bo‘yicha chempionat vaqtida prezidentga hushtakbozlik qilingandi.
Ammo shanba oqshomida prezidentni aralash kayfiyatdagi insonlar qarshi olishdi - ham olqishlashdi, ham hushtakbozlik qilishdi.
Odamlar «Trampni yo‘qoting» va «Trampga impichment» yozuvlari tushirilgan plakatlarni ham ko‘tarishdi.
That sound you hear is @realDonaldTrump getting booed at #UFC244 pic.twitter.com/oklkQzGMpk
— Mitch Horowitz (@MitchHorowitz) November 3, 2019
Shu haftada AQSh Kongressi prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Trampning muxoliflari prezident boshqa davlat rahbaridan (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy) shantaj yo‘li bilan o‘zining bo‘lajak saylovdagi asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan demokrat Jo Baydenga qarshi tekshiruv o‘tkazib, uni obro‘sizlantirib berishini so‘raganini da’vo qilishmoqda.
1993 yilda tuzilgan UFC (Ultimate Fighting Championship) sport tashkiloti aralash sport turlari bo‘yicha chempionatlarni uyushtirib kelmoqda.
Hozirda dunyo bo‘ylab ushbu turnirning millionlab muxlislari mavjud, Konor MakGregor va Ronda Rauzi kabi sportchilar esa superyulduz maqomida.
Donald Tramp ko‘p yillar muqaddam UFC turniriga tashrif buyurgandi, o‘shanda ko‘plab stadionlar va nashrlar ushbu sport turini inkor qilishgandi.
«Men Donald Tramp haqida hech qanday salbiy gap ayta olmayman, chunki u hali hech kim biz tomonida bo‘lmaganida biz bilan bo‘lgandi», - deydi tashkilot boshlig‘i Dan Uayt.
2016 yilda Uayt Respublikachilar partiyasi yig‘ilishida Donald Trampning prezidentlik kampaniyasi doirasida nutq so‘zlagandi.
Prezident TrampNyu-YorkMadison Square GardenUFC turniriImpichment jarayoniDemokrat Jo Bayden O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar