Isroil hukumati o‘tgan yilning mayida Iordan daryosining g‘arbiy sohilida qurolsiz bir falastinlikka o‘q uzib, uning yaralanishiga sababchi bo‘lgan politsiyachining ishi bo‘yicha tergov tugaganini va yaqinda qaror e’lon qilinishini bildirdi.
Isroildagi Channel 13 nomli mahalliy telekanalda hodisaning videotasviri namoyish etildi. Politsiyachilar telefonda olgan videotasvirda politsiya xodimi falastinlik erkakni nazorat punktidan orqaga qaytarib yuborgani aks etgan. Politsiyachi avvaliga arabchalab “Ket!” deydi va 20 soniya keyin falastinlikka o‘q uzadi. Yelkasidan yaralalangan falastinlik baqirgancha yerga yiqiladi.
Telekanal xabarida aytilishicha, politsiya otgan o‘q g‘alvarak o‘q bo‘lgan va falastinlik odam yengil jarohat olgan. Isroil politsiyasi g‘alvirak o‘qdan odatda namoyishchilarni tarqatish uchun foydalanadi. Bunday o‘q boshga tegsa, o‘limga olib kelishi mumkin.
Hodisadan so‘ng falastinlikka o‘q uzgan politsiyachi ayol avvalgi xizmat joyiga – armiyaga qaytarib yuborilgan. Hodisaga guvoh bo‘lgan 4 politsiyachining ham xizmat joylari o‘zgartirilgan.
Isroilda chop etiluvchi Haaretz gazetasining yozishicha, hodisa yuzasidan Quddusda o‘tkazilgan sudda Elad Perski ismli sudya politsiya xodimi ko‘ngilxushlik maqsadida falastinlikka qarata o‘q uzgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Mazkur hodisa ayni nazorat punktida politsiyachilar falastinlik bir kishini bekordan-bekorga do‘pposlagani bilan bog‘liq tergov paytida tasodifan oshkor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi