73 yoshli hind ayoli egizak farzandli bo‘ldi

73 yoshli hind ayoli egizak farzandli bo‘ldi
BBC ning xabar berishicha, Hindistonning janubiy Andxra-Pradesh shtatida 73 yoshli ayol egizak qizlarni dunyoga keltirdi.
Payshanba kuni shifokorlar IVF muolajasidan keyin tug‘ilgan egizaklarni o‘z onasining qo‘liga sog‘-omon topshirishdi.

"Hozirda ona hamda uning chaqaloqlari yaxshi holatda", - deydi ayolning shifokori Uma Sankar.
73 yoshli hind ayoli egizak farzandli bo‘ldi
Mangayamma Yaramatining so‘zlariga ko‘ra, u va 82 yoshni qarshi olgan turmush o‘rtog‘i farzandli bo‘lishni necha yillar davomida orziqib kutishgan. Vanihoyat, ular o‘zlarining ezgu niyatlaridan biriga erishishdi.

"Bizning quvonchimiz ichimizga sig‘mayapti", - deydi uning eri Sitarama Raxarao.
Ammo bir kun o‘tib, janob Rajarao to‘satdan insultga uchradi va u hozir shifoxonada davolanmoqda.

"Hech narsa bizning qo‘limizda emas. Yaratgan egam peshonamizga nimani yozgan bo‘lsa, shuni ko‘ramiz. Ammo bizga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, kim bizning farzandlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi?", - deb xalqqa murojaat qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar