15:23 / 14.11.2019
3 085

Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi

Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi
Foto: Twitter/@GretaThunberg
Atrof-muhit himoyachisi shvetsiyalik 16 yoshli ekologiya faoli Greta Tunberg Shimoliy Amerikadan Yevropaga katamaranda suzib bormoqchi. Bu haqda Tunbergning oʻzi Twitterʻdagi sahifasida maʼlum qildi deb yozadi Daryo nashri.

“Madriddagi COP25 nuqtasiga yetib boradigan boʻldim. Menga Virjiniyadan 15 metr uzunlikdagi La Vagabonde katamaranida yoʻlga chiqishni taklif etishdi”, — deya yozgan 16 yoshli Greta.

Greta Tunberg aviatransport tabiatga katta ziyon keltiradi deb hisobalagani tufayli samolyotda uchmaslikni afzal koʻradi. U Shvetsiyadan AQSHga BMT bosh assambleyasida ishtirok etish uchun yelkanli kemada yetib kelgan.

Shvetsiyalik ekologiya faoli tez orada Virjiniyadan Atlatika okeani orqali Yevropa qitʼasi tomon yoʻlga chiqadi. U BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan konferensiyasi boshlanguniga qadar Madridga yetib kelmoqchi. Dastlab ushbu xalqaro tadbirning Chilida oʻtkazilishi rejalashtirilgandi, ammo Janubiy Amerika davlatidagi notinch vaziyat sabab konferensiyaning oʻtkazilish joyi oʻzgargan.

Har juma kuni maktabga bormay Shvetsiya parlamenti binosi oldida namoyish oʻtkazgan, BMT bosh assambleyasida nutq soʻzlab dunyo mamlakatlari siyosatchilarini iqlim oʻzgarishlariga befarq boʻlmaslikka chorlagan bu qiz katamaranda avstraliyalik YouTube-blogerlar Rayli Uilum va Elayna Karaus bilan birga sayohat qiladi. Ular qizaloq ishtirokidagi videolarni ham oʻz bloglarida taqdim qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, bu safar Gretaga britaniyalik professional yaxta ustasi Nikki Xenderson ham hamrohlik qilmoqda.

Foto: Twitter/@GretaThunberg
Katamaran topilishidan avval shvetsiyalik ekologiya faoli ijtimoiy tarmoqlarda Yevropaga yetib olish uchun xavfsiz va har tomonlama qulay transport izlashda koʻmak soʻragandi.

Avval San-Fransiskodagi binolardan birining devoriga Greta Tunbergning ulkan portreti chizilishi xabar qilingan. Gollivudning mashhur aktyori Leonardo di Kaprioning shvetsiyalik qiz haqida Instagramʻda iliq fikrlar aytib, u bilan birga tushgan suratini yuklagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi