Ronalduning opasi xeyterlarga keskin javob qaytardi

Ronalduning opasi xeyterlarga keskin javob qaytardi

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru JCH-2026 guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng futbolchini tanqid qilganlarga murojaat qildi.

Portugaliya 5:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda 41 yoshli Ronaldu ikki marta O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi.

Elma Aveyru ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ukasi yoshi o‘tib qolgani va maydonda jamoasiga yetarlicha foyda keltira olmayotganini aytgan tanqidchilarga keskin javob berdi.

«U qarib qoldi va maydonda foydasi tegmayapti, degan to‘tiqushlar qani? Krishtianu maydonda to‘tiqushlarni jim bo‘lishga majbur qildi», — deb yozdi Aveyru.

Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda yana bir bor yuqori saviyasini namoyish qildi. U jamoasining yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik yulduz yoshiga qaramay, mundialda hal qiluvchi rol o‘ynay olishini isbotladi. Uning dubl qayd etishi muxlislar va futbol mutaxassislari orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ikkinchi turdan keyin Portugaliya milliy jamoasi to‘rt ochko bilan «K» guruhida ikkinchi o‘rinni egallamoqda.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa shu kuni Kongo Demokratik Respublikasi bilan uchinchi o‘rin uchun kurashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar