09:19 / 21.11.2019
2 293

Qizini bor kuchi bilan zinaga itarib o‘ldirgan ona 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qizini bor kuchi bilan zinaga itarib o‘ldirgan ona 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Singapurda bir ayol o‘z bolasini zinadan uloqtirib, bosh suyagini jarohatlab, o‘ldirib qo‘ygan. So‘ng unga 7 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bir necha yil avval bu ayolning 2 bolasi kasallikdan vafot etgan edi. 30 yoshli, 6 farzandning onasi bu qotillikni sodir etganini tan oldi. Bu ayolda ruhiy kasallik aniqlanganligi sababli unga berilgan qamoq jazosi kamaytirildi.

Sud jarayonida aytib o‘tilgan voqeaga ko‘ra, ayol yuvinish xonasidan chiqqan qizchasiga ortidan yurishni buyuradi. Qizcha uning aytganini qilmaganligi sababli onasi uni jahl bilan zinadan itarib yuboradi. Boshi bilan yerga tushgan qizcha qattiq baqirib yig‘laydi. Onasi bunga ham parvo qilmaydi. Xonasidagi o‘yinchoqlarini yig‘ishitirishini qizga buyuradi. Bir payt qiz xonaga qattiq yig‘i bilan kiradi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgandan so‘ng uning ovozi eshitilmay qoladi. Onasi kelib qarasa, qizi jon taslim qilgan ekan.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu ayol ruhiy kasallikka chalingan.
Barcha aytilgan gaplarni inobatga olgan sud hakamlari unga berilgan qamoq jazosini qisqartirishgan.

7 yillik qamoq jazosi Singapur
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)