08:58 / 12.12.2019
17 713

Panda haqidagi biz bilmagan maʼlumotlar

Panda haqidagi biz bilmagan maʼlumotlar
1. Gigant pandalar (ko‘pincha “pandalar” deb nomlanadi) - qora va oq ayiqlardir. Yovvoyi tabiatda ular Markaziy Xitoy tog‘larida joylashgan qalin bambuk o‘rmonlarida uchraydi.
2. Bu ajoyib sutemizuvchilar vaqti-vaqti bilan mayda hayvonlar va baliqlarni iste’mol qilsalar ham, bambuk daraxti ularning asosiy ovqati hisoblanadi (99%).
3. Pandalar ishtahasi yaxshi hayvon hisoblanib kuniga o‘rtacha 12 kg bambuk yeyishadi va 12 soat davomida yegan ovqatini hazm qilib daraxtda yotadi.

4. Gigant pandalar 1,2 m dan 1,5 m gacha, og‘irligi 75 dan 135 kg gacha bo‘ladi. Pandalar yovvoyi tabiatda qancha umr ko‘rishlarini bilishmaydi, ammo asirlikda ular 30 yoshgacha yashaydi.
5. Chaqaloq pandalari pushti rangda tug‘ilib, taxminan 15 sm - bu qalamning o‘lchamiga teng! Ular, shuningdek, ko‘r bo‘lib tug‘iladi va tug‘ilishdan olti-sakkiz hafta o‘tgach, ko‘zlarini ochishadi.
6. Achinarlisi shundaki, bu ajoyib hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ortmoqda va ular atigi mingga yaqin qolishgan.

7. Pandalar daraxtga chiqishni mohirona eplashadi va suzishni ham bilishadi.
8. Pandaning tishlari katta va o‘tkir, ammo bu tishlar bambuk va o‘simliklarni yeyish uchun!
9. Pandalar odatda avgust oyida tug‘iladi, chunki panda juftlash oylari martdan maygacha va homiladorlik muddati 3 dan 5 oygacha bo‘ladi.
10. Pandalar asosan yolg‘iz qolishni xush ko‘rishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Panda haqidagi biz bilmagan maʼlumotlar