
Foto : Volin24
Shifokorlarning ma’lumot berishicha, progeriya bilan kasallangan bolalar bir yilda 8-10 yoshga qariydi, ya’ni ukrainalik qizaloq 80 yoshlarda bo‘lgan. Ukrainada progeriya – erta qarish kasalligiga chalingan sakkiz yoshli qiz vafot etdi. Bu haqda «Volin24»ga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Bu irsiy kasallikka chalingan bemorlarning skeleti o‘smaydi, ammo bosh miyasi va ichki organlari o‘sib ketadi. Qizaloq bir necha marta insultni boshidan kechirgan va poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.
Shifokorlarning ma’lumot berishicha, progeriya bilan kasallangan bolalar bir yilda 8-10 yoshga qariydi, ya’ni ukrainalik qizaloq 80 yoshlarda bo‘lgan.
Qizcha Volin oblastidagi Kachin qishlog‘ida yashagan. Ikki yil avval uning mazkur xastalikka chalingani aniqlangandi.
Dunyo bo‘yicha 350ga yaqin progeriya holati qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar