Moskva viloyati huquq-tartibot idoralari Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga yo‘llangan shov-shuvli xat muallifi polkovnik Mixail Shendakovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U Ukrainadagi vaziyatni va Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qo‘shib olinishi munosabati bilan Rossiyaning pozitsiyasini keskin tanqid qildi.
"MK"ga ma’lum bo‘lishicha, Jinoyat kodeksining 282-moddasi 1-qismi bilan Moskva viloyati Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi Krasnogorsk tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shendakov Youtube da adovatni qo‘zg‘ashga qaratilgan videochiqishlarni joylashtirganlikda, shuningdek, ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansublik belgisi bilan insonning qadr-qimmatini kamsitishda ayblanmoqda.
Shendakov - zaxiradagi polkovnik. Harbiy muhandislik qo‘mondonlik maktabining bitiruvchisi. Kavkaz va Afg‘onistondagi urushlarda qatnashib, medallar bilan taqdirlangan. "Rossiya marshi"da bir necha bor ishtirok etgan va amaldagi hokimiyatning harakatlari Rossiyaning qulashiga olib kelishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi