Jeki Chan o‘z sog‘lig‘i yuzasidan ma’lumot berdi

Jeki Chan o‘z sog‘lig‘i yuzasidan ma’lumot berdi
Aktyor Jeki Chan koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi xabar bugun OAVlarda yoritildi.
Unga ko‘ra, aktyor Gongkongdagi tadbirda virus yuqtirgan odamlar bilan birga bo‘lgan.

Ammo Jeki Chan Instagramdagi rasmiy sahifasida bayonot berib, o‘zining sog‘lomligini ta’kidladi.
«Barchaga g‘amxo‘rlik uchun tashakkur. Men mutlaqo sog‘lomman va karantinda emasman. Hamma sog‘lom va xavfsiz bo‘lishini tilayman», - deya yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus jahonning aksar mamlakatlariga kirib bordi. Jumladan, Xitoydan tashqari Janubiy Koreya va Eronda ham vaziyat jiddiylashmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar