
Foto:«AFP»
Qatar poytaxti Doxa shahrida AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va «Tolibon» harakati rahbari o‘rinbosari mulla Abdulla G‘ani Baradar tinchlik shartnomasini imzoladilar. Bu haqda BBCga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Bu 18 yildan beri davom etayotgan urushdan so‘ng, murosaga kelinganini anglatadi. 2001 yil Nyu-Yorkdagi teraktdan so‘ng, AQSH Afg‘onistonga qo‘shin kiritgan edi.
Reutersning yozishicha, AQSH harakatga nisbatan joriy etgan sanksiyalarini 2020 yil olib tashlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Dohadagi muzokaralarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham ishtirok etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.