08:48 / 24.03.2020
8 207

Pandemiya tez orada tugaydi degan fikrni unutinglar – Xitoy virusologi

Pandemiya tez orada tugaydi degan fikrni unutinglar – Xitoy virusologi
COVID-19 bo‘yicha Xitoy klinik mutaxassislar guruhining rahbari Chjan Venxun Yevropa mamlakatlarining koronavirusga qarshi kurash borasidagi istiqbollarini baholadi, deb xabar qildi South China Morning Post.

Agar virus yana paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, bularning barchasi bir - ikki yil davom etishi bu normal holat. <…> Yaqin orada Yevropada pandemiya tugaydi degan fikrni unutinglar”, - dedi xitoylik virusolog talabalar uchun o‘tkazilgan videokonferensiyada.

Uning fikriga ko‘ra, Yevropa hukumati virus tarqalishini faqat “o‘ta radikal” choralar bilan to‘xtatishi mumkin edi. Masalan, davlatlarda har qanday faoliyatni to‘liq muzlatish va chegaralarni to‘liq yopish orqali. Ammo Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari bunday qilmaydi, deydi shifokor.

Agar butun dunyo to‘rt hafta davomida to‘xtab qolsa, biz pandemiyani to‘xtata olardik”, - mutaxassis so‘zlarini keltiradi nashr.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 yangi koronavirus pandemiyasi haqida e’lon qilgandi. Dunyo bo‘ylab 292 ming kishi virusga chalingan, 12 ming kishi vafot qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pandemiya tez orada tugaydi degan fikrni unutinglar – Xitoy virusologi