Foto: UPI
Xitoy ichkarisida koronavirus infeksiyasining tarqalishini, umuman olganda, to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi rasmiy vakili Mi Fen ma’lum qildi.
Mining ta’kidlashicha, mamlakat ichkarisida koronavirusga chalingan va hali ham kasallikdan aziyat chekayotganlar soni uch ming kishidan oshmaydi.
Kelgusida kasallik o‘choqlari qayta paydo bo‘lmasligi uchun hukumat yangi kasallanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda izolyatsiya qilishni davom ettirmoqchi, deya qo‘shimcha qildi Mi.
COVID-19 ga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holatlar 2019 yil dekabri oxirida Uxan shahrida qayd etilgan edi. Oradan bir oy o‘tib bemorlar soni bir necha yuz kishiga yetdi, hukumat Uxan va yana bir necha qo‘shni shaharni karantinga yopdi. Cheklov choralarining aksariyati mart oyi davomida bekor qilindi.
Xitoyda jami 82 ming kishi koronavirusga chalindi, 3,3 ming bemor vafot etdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish cho‘qqisi fevral oyi o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"