00:10 / 02.04.2020
3 018

BMT koronavirus tufayli dunyoning barcha mamlakatlarini migrantlar va qochqinlarni ozod etishga chaqirdi

BMT koronavirus tufayli dunyoning barcha mamlakatlarini migrantlar va qochqinlarni ozod etishga chaqirdi
Foto: Scanpix
BMTda koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoning barcha mamlakatlari migrantlar va qochqinlarni ozod etishi lozimligi aytildi, deb xabar bermoqda «Kommersant’»ga asoslanib Daryo nashri.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi idorasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi bu borada tegishli chaqiriqlar bilan chiqdi. Ularning bu tashabbusini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ham qo‘llab-quvvatlagan.

BMT va JSSTga ko‘ra, «tor va antisanitar sharoitda» saqlanayotgan qochqinlar va migrantlar ahvoli, ayniqsa, tashvishga solarli. «COVID-19 ning o‘limga olib kelishini hisobga olgan holda ular zudlik bilan ozod etilishi kerak», — deyiladi BMT saytida e’lon qilingan bayonotda.

Xalqaro tashkilotlarda barcha mamlakatlar hukumatlari falokatning oldini olish uchun har bir odamning huquqlari va sog‘lig‘ini himoya qilish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilish kerakligi, chunki bu virus tarqalishini nazorat qilishga yordam berishi ta’kidlandi. «Har bir odamga, shu jumladan, barcha migrantlar va qochqinlarga tibbiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlar berish muhim ahamiyatga ega», — deya qo‘shimcha qilingan BMT bayonotida.

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 1 aprel holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 883 mingdan, vafot etganlar esa 44 ming kishidan oshib ketdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSH (189 mingdan ortiq), Italiya (105 mingdan ortiq), va Ispaniya (102 mingdan ortiq) davlatlari yetakchilik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT koronavirus tufayli dunyoning barcha mamlakatlarini migrantlar va qochqinlarni ozod etishga chaqirdi