Ommabop internet-do‘konlardan biri tibbiy niqoblarni 500 dollardan sotgani aniqlandi

Ommabop internet-do‘konlardan biri tibbiy niqoblarni 500 dollardan sotgani aniqlandi
Foto: Twitter
Ommabop Farfetch internet-do‘koni Off-White brendi tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy niqoblarni 500 dollardan 1000 dollargacha sotishni boshlaganidan so‘ng mojarolar girdobiga tushib qoldi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Twitter foydanuvchilari internet-do‘konni qimmat narxlar uchun qoraladi.
Boshqa onlayn do‘konlarda Off-White Half Arrow Man Mask niqoblarining narxi 55-85 dollarni tashkil qilmoqda. Farfetch esa ularning narxini 500 dollarga chiqarib yubordi.

Koronavirus pandemiyasi davrida talab oshgan tovarning narxi oshirib yuborilishiga xaridorlar ommaviy norozilik bildirdi.
Internet-do‘konni murakkab vaziyatda pul ishlab qolishga uringanlikda ayblashdi. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari internet-do‘konning qilmishini jirkanch deb baholadi. Natijada Farfetch ma’muriyati tovarni savdodan olib qo‘ydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar