Mercedes-Benz Berlindagi barcha avtosalonlarini sotgani ma’lum bo‘ldi

Germaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz Berlindagi barcha dilerlik markazlarini sotgani ma’lum bo‘ldi. Xaridor sifatida Alpha Auto Group rahbari, kanadalik tadbirkor Kuldip Billan tilga olinmoqda.
Bild gazetasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv Berlindagi yettita filialni o‘z ichiga olgan. Ushbu markazlarda taxminan 1500 nafar xodim mehnat qilib kelayotgan edi.
Manbalarning aytishicha, kompaniya kelajakda Gamburg, Myunxen va Reyn-Rur sanoat hududi kabi yirik shaharlardagi dilerlik markazlarini ham sotishni rejalashtirmoqda. Bu qaror taxminan 8 mingga yaqin ish o‘rniga ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Berlindagi xodimlarga bitim haqida elektron pochta orqali xabar berilgan. Ularga pul kompensatsiyasini qabul qilish yoki bir yillik ish xavfsizligi kafolati varianti taklif etilgan. Keyinchalik amaldagi mehnat shartnomalari bekor qilinib, yangi shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!