date
views 2 900

AQSHda cho‘lda tashlandiq yotgan 29 klassik avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi

AQSHda cho‘lda tashlandiq yotgan 29 klassik avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi
Amerikada 1939 yildan 1996 yilga qadar ishlab chiqarilgan va Sonara cho‘lida tashlandiq yotgan 29 dona klassik avtomobillar kolleksiyasining egasi o‘z mashinalaridan «qutulish»ga qaror qildi. Barcha kolleksiya 50,7 ming dollarga baholangan, biroq mashinalarni alohida-alohida xarid qilsa ham bo‘ladi. Kolleksiyadan o‘rin olgan eng arzon mashina — 1993 yilda ishlab chiqarilgan Buick Roadmaster bo‘lib, 650 dollar turadi, eng qimmati esa — 1967 yilgi Pontiac Lemans 5 ming dollarga baholanmoqda.

E’longa ko‘ra, kolleksiyadagi eng eski avtomobil 1939 yilgi Buick bo‘lib, uni 800 dollarga xarid qilish mumkin, avtomobillar egasi Oldsmobile uchun esa 1200 dollar so‘ramoqda. Cho‘lga tashlab ketilgan mashinalar orasida noyob modellar ham bor. Masalan, 1976 yili 50 nusxada ishlab chiqarilgan Cadillac katafalki, u 2800 dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, kolleksiyadan Mercury Montery (1958 yil, 3500 dollar), Ford F600 (1963 yil, 2000 dollar), uchta Buick Electra (1977 yilgi 1000 dollar) va ikkita Impala (1968 yil, 3200 dollar va 1969 yilgi esa — 1200 dollar) o‘rin olgan.




E’lon mualliflarining ogohlantirishicha, mashinalarning aksariyati yurmaydi va ularni sudrab olib ketish kerak. Suratlardan ko‘rish mumkin, avtomobillar jiddiy restavratsiyaga muhtoj.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda cho‘lda tashlandiq yotgan 29 klassik avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi