Foto: «dailymail.co.uk»
Britaniya muzeyi olimlari Qadimgi Misrda mumiyo qabrlarini qoplagan modda tarkibini aniqlashdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Mutaxassislar tadqiqot uchun miloddan avvalgi 1300 va 750 yillar oralig‘ida yog‘och sarkofag qatlamlarida qattiqlashgan qora materialdan 100 ta namuna olishgan. Buni qarangki, yopishqoq qoplama o‘simlik yog‘i, hayvon yog‘i, daraxt qatroni, asal mumi va qattiq neft xomashyosidan tayyorlangan. Olimlarning aytishicha, ehtimol, tarkibida boshqa mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin: oradan shuncha vaqt o‘tganligi uchun ularni aniqlashning iloji bo‘lmayapti.
Britaniya muzeyi ilmiy tadqiqotlar bo‘limi xodimi, fan doktori Keyt Fulcher mumiyo nima uchun aynan qora modda bilan qoplanganini so‘zlab berdi. Tadqiqotchi buni qayta tirilish xudosi Osiris bilan bog‘lagan.
«Dafn matnlarida Osiris ko‘pincha qora terida va mumiyolangan tana ko‘rinishida tasvirlangan. Shunga ko‘ra, qabrlarga bunday qoplamani surtish amaliyotini qayta tirilish bilan bog‘lash mumkin», — dedi Fulcher.
Shuningdek, bunday modda asosan ijtimoiy mavqega ega kishilarning qabrlarida aniqlanishi uni hamma joydan ham topib bo‘lmaganligini tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi