
Foto: «Yandex.ua»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada ahvol yaxshilangani bilan, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda, keyingi hafta kasallanishlar soni 10 milliondan oshib ketishi hech gap emas.
«Garchi vaziyat Yevropada yaxshilangan bo‘lsa ham, butun dunyo bo‘yicha yomonlashmoqda. Pandemiyaning dastlabki oyida JSST 10 mingta holat haqida xabar bergandi, so‘nggi oylarda qariyb to‘rt millionta holat qayd etildi. Kelgusi hafta koronavirusga chalinganlar soni 10 million, vafot etganlar soni 500 ming kishiga yetishi mumkin», — dedi JSST bosh direktori.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 9,1 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 473 ming nafari vafot etdi.
Manba: Xabar.uz
Jahon Sog‘liqni SaqlashCOVID-19 PandemiyasiYevropa VaziyatiKoronavirus KasallanishiTedros Adxanom GebreyesusJSST Ma’lumotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar