19:38 / 28.06.2020
2 851

Tailanddagi shaharni minglab och maymunlar egalladi (video)

Tailanddagi shaharni minglab och maymunlar egalladi (video)
Foto: The Sun
Tailandning Lopburi shahrini minglab och qolgan maymunlar qo‘lga oldi hamda ozuqa talashmoqda, deb yozadi Newsflare.
Koronavirus pandemiyasigacha ushbu shaharga har yili yuzlab sayyohlar kelar hamda maymunlarni oziqlantirardi.
Mart oyida sayyohlar oqimi to‘xtab qoldi, endilikda maymunlar och qolmoqda.

«Sayyohlarsiz maymunlar juda badjahl bo‘lib qoldi hamda ozuqa uchun odamlar bilan talashmoqda. Ular uylarga bostirib kirib, odamlarni qochishga majbur qilmoqda», — deydi veterinar Supakarn Kaevchot.

70 ming aholisi bo‘lgan shaharda olti mingga yaqin maymun yashaydi. Ular bir-biriga dushman ikki guruhga bo‘lingan.
Guruhlardan biri shaharning o‘zida, ikkinchi guruh esa ibodatxonada yashaydi.

Ochlik davri boshlanganidan so‘ng ibodatxonada yashaydigan maymunlar shaharga chiqib, u yerdagilar bilan jang qila boshladi.
Maymunlarni tinchlantirish uchun mahalliy aholi ularga ovqat va shirinliklar bermoqda. Bu esa jonivorlarning tez ko‘payishiga sabab bo‘lib, ular tez-tez odamlarga hujum qilmoqda.

Nashr tomonidan e’lon qilingan videoda maymunlarning o‘tkinchilarga hujum qilayotgani, avtomobillardan ovqat o‘g‘irlayotgani, janjallashib, do‘konga bostirib kirayotganini ko‘rish mumkin.
https://youtu.be/Ts1yHVKbM7g

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailanddagi shaharni minglab och maymunlar egalladi (video)