Foto: O‘zbekiston TIV
Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi «Mashtakovo» va «Sagarchin» nazorat punktlari yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilayotgani haqida xabar berdi.
«Mazkur masala O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda», deyiladi TIV xabarida.
Vaziyat haqida ma’lumot Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etilgan.
Ma’lum qilinishicha, 1 iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25ta charter reyslari tashkillashtirildi hamda hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslar amalga oshirilishi kutilmoqda.
«Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, may oyida ham Rossiyaning Samara va Orenburg oblastlarida O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston bilan chegara hududida to‘planib, vatanga qaytishga harakat qilishgandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumati Rossiya va Qozog‘iston vakolatli organlari bilan birgalikda 1500dan ortiq fuqarolarni avtobusda mamlakat hududiga olib kelgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi