00:13 / 04.07.2020
1 403

Mutaxassis: ”Yoga koronavirusga chalinganlarning yengil nafas olishiga yordam beradi”

Mutaxassis: ”Yoga koronavirusga chalinganlarning yengil nafas olishiga yordam beradi”
Bugungi kunga kelib koronavirus kasalligi insonning nafas olish tizimiga jiddiy zarar yetkazishi barchaga ma’lum bo‘ldi. Bu kasallikka chalinganlar nafas olishda qiyinchiliklarga duch keladi va ularning ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘ladi.

Hozirda koronavirusga qarshi biron bir maxsus dori mavjud emas ekan, mutaxassislar yoga mashg‘ulotlari bemorlarning yengil nafas olishiga yordam berishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Yoga ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, bu mashqlarning eng asosiy foydasi nafas olish tizimida seziladi.

«Yoga mashg‘ulotlarining ichida diqqatni jamlash, o‘zini erkin his qilish, bor e’tiborini o‘ziga qaratish va nafas olish eng muhimlari hisoblanadi», - deydi misrlik yoga ustozi Rana Mustafo.
Rana Mustafoning ta’kidlashicha, chuqur nafas olish yurak urishini sekinlashtirib, insondagi tushkunlikni kamaytiradi.

«Yurak urishining tezlashishi, tez nafas olish va qon bosimining oshishi kabi inson tushkunlikka tushgan paytda bo‘ladigan holatlarning hammasi tanani bo‘shashtirish uchun chuqur nafas olganingizda yo‘qoladi. Yoganing eng yaxshi tarafi shuki, u bilan hamma odam xohlagan joyda shug‘ullanishi mumkin. Yogani barcha yoshdagilar va sog‘lom yoki sog‘lom emasligidan qat’i nazar barcha qo‘llashi mumkin. Mashqlar turli qiyinchilikdagi toifalarga ajratiladi va agar shug‘ullanuvchi jarohatlangan bo‘lsa, mashqlar uning holatiga ko‘ra ham o‘zgartirilishi mumkin. Har bir odam yoganing o‘ziga mosini tanlash uchun uning bir necha turlari bor», - deydi Rana Mustafa.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)