Foto: L’Alsace
Shveysariyaning Syurix shahridagi hayvonot bog‘ining xodimi Amur yo‘lbarsining hujumi oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi 20 Minuten portali.
Ko‘ngilsiz hodisa 4 iyul, shanba kuni sodir bo‘lgan. Yirtqich jonzot hayvonot bog‘ining 55 yoshli xodimi voler (hayvon uchun atrofi o‘ralgan maydoncha) ichida turganida unga tashlangan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqatuvchilar hayvonning e’tiborini boshqa narsaga qaratib, jabrlanuvchini olib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ko‘rilgan tezkor choralarga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol xodimga «Irina» laqabli urg‘ochi yo‘lbars tashlangan. Politsiya, prokuratura va kriminalistika instituti mutaxassislari mazkur holat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan. Ular nima sababdan hayvnot bog‘i xodimi va yo‘lbars bir vaqtda volerda paydo bo‘lib qolganini aniqlashi lozim.
Syurixdagi hayvonot bog‘ida 5 yoshli «Irina»dan tashqari, «Sayan» laqabli yo‘lbars ham saqlanadi. 4,5 yoshli «Sayan» 2018 yilning fevralidan buyon hayvonot bog‘ida yashab keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik"