Foto: People.com
Oq uy foyesidan AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton va 43-prezident kichik Jorj Bushning portretlari olib tashlandi. CNN telekompaniyasining xabar berishicha, ular kamdan-kam foydalaniladigan sobiq oshxonaga ilib qo‘yilgan.
Bu portretlar o‘rniga respublikachi prezidentlar — Uilyam Makkinli va Teodor Ruzvelt portretlari joylashtirilgan. Telekompaniyaning taxminiga ko‘ra, portretlar Oq uyning hozirgi egasi iltimosi bilan olib tashlangan. Bu taxminga sobiq maslahatchi Jon Boltonning xotiralari asos bo‘lgan. U yaqinda chop etilgan kitobida Donald Tramp Klintonni «yomon prezident», kichik Bushni esa «ahmoq» deb ataganini yozgan.
An’anaga ko‘ra, zina yuqorisidagi foyeda avvalgi davlat rahbarlarining portretlari ilinib turishi lozim. Amaldagi prezident mehmonlarni qabul qilish uchun zinadan tushayotganida o‘zidan oldin rahbarlik qilganlarga ko‘zi tushishi darkor.
Tramp Oq uydagi bu qoidani avvalroq buzib bo‘lgan. Mamlakatning 44-prezidenti Barak Obamaning portreti foyega umuman ilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin