Foto: People.com
Oq uy foyesidan AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton va 43-prezident kichik Jorj Bushning portretlari olib tashlandi. CNN telekompaniyasining xabar berishicha, ular kamdan-kam foydalaniladigan sobiq oshxonaga ilib qo‘yilgan.
Bu portretlar o‘rniga respublikachi prezidentlar — Uilyam Makkinli va Teodor Ruzvelt portretlari joylashtirilgan. Telekompaniyaning taxminiga ko‘ra, portretlar Oq uyning hozirgi egasi iltimosi bilan olib tashlangan. Bu taxminga sobiq maslahatchi Jon Boltonning xotiralari asos bo‘lgan. U yaqinda chop etilgan kitobida Donald Tramp Klintonni «yomon prezident», kichik Bushni esa «ahmoq» deb ataganini yozgan.
An’anaga ko‘ra, zina yuqorisidagi foyeda avvalgi davlat rahbarlarining portretlari ilinib turishi lozim. Amaldagi prezident mehmonlarni qabul qilish uchun zinadan tushayotganida o‘zidan oldin rahbarlik qilganlarga ko‘zi tushishi darkor.
Tramp Oq uydagi bu qoidani avvalroq buzib bo‘lgan. Mamlakatning 44-prezidenti Barak Obamaning portreti foyega umuman ilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi