06:00 / 21.07.2020
2 760

Tailandning koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati siri nimada?

Tailandning koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati siri nimada?
Foto: The New York Times
Koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan paytda Tailand eng xavfsiz mamlakatlardan biri bo‘lib turibdi — mamlakat ichida qariyb ikki oydan beri yangi holatlar qayd etilmayapti, jami kasallanganlar soni esa atigi 3250 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatga infeksiyaga qarshi kurashda nima yordam bermoqda?

Tailand 2019 yilda 39 milliondan ortiq turist qabul qilgan, Xitoyda koronavirus tarqala boshlagan yil boshida esa Tailandda kurort mavsumi avjida edi. Tailand Xitoydan keyin koronavirus yuqtirish holati aniqlangan birinchi mamlakat bo‘ldi. Ammo Xitoy, AQSH va Yevropadan doimiy odamlar oqimi bo‘lishiga qaramasdan, Tailand Italiyaning boshiga tushgan falokatdan omon qoldi — mamlakatda shu kungacha 3250ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan va 58 kishi vafot etgan. Mamlakat ichida yetti haftadan buyon virus yuqtirish qayd etilmadi.

«Tailand nimani to‘g‘ri bajarayotganini hech kim bilmaydi, ammo bu hozircha ish beryapti», — deb yozadi The New York Times va mamlakatga infeksiyaga qarshi kurashda yordam berayotgan sabablarni sanab o‘tadi.

«Hududiy immunitet» va madaniyat. Koronavirus yuqtirish holatlari kamligi bo‘yicha Tailandning qo‘shnilari — Vetnam (383ta holat, o‘lim holatlari yo‘q va uch oydan buyon mamlakat ichida virus yuqtirish holati qayd etilmagan), Myanma (341ta holat, 4 o‘lim), Kamboja (171ta holat, o‘limlar yo‘q), Laos (19ta holat, o‘lim yuz bermagan) va Xitoyning Yunnan provinsiyasi (190ga yaqin holat) ajralib turadi.

Bunday «hududiy immunitet»ning sababi nimada deb savol beradi NYT: balki ularning immun tizimida qandaydir irsiy birikma bordir? Tailand koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtabi vakili bunday deb o‘ylamaydi. «Men gap faqat immunitetda yoki irsiyatda deb o‘ylamayman. Buning sababi madaniyat bo‘lsa kerak. Tailandliklarda qo‘l berib so‘rashish odati yo‘q. Bu yerda qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib bosh egib salomlashishadi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Bangkokdagi Chulalongkorn universiteti ekspertining so‘zlariga ko‘ra esa, u Tailanddagi hududlardan birida koronavirus tarqalishini o‘rgangan va kasallik tasdiqlangan bemorlarning 90 foizdan ortig‘ida kasallik alomatlari yo‘qligini aniqlagan. Uning aytishicha, tailandliklar va ularning qo‘shnilari boshqa mamlakatlardagilarga nisbatan denge bezgagiga oson chalinadi.

Niqoblar. Tailandda kasallik yuqtirish darajasining pastligiga mamlakat birinchilardan bo‘lib niqob taqish talabini joriy etgani ham sabab bo‘lishi mumkin deb qayd etadi gazeta. Bundan tashqari, tailandliklar aksariyat vaqtini ko‘chada, ochiq havoda o‘tkazadi.

Test olish darajasining pastligi. Mamlakatda test olish darajasi past, shu bois kasallanganlarning bir qismi statistikaga kiritilmagan, deya qayd etadi gazeta.

Pandemiyaga nisbatan tezkor chora ko‘rish. Mamlakatda martda to‘laqonli karantin joriy etildi. Aprelda xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatildi.

Ammo bemorlar soni ko‘payishining oldini olgan mamlakat pandemiya oqibatlariga to‘qnash keldi va uning turizmga bog‘lanib qolgan iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘rdi. Tailand sport va turizm vazirligining hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda turizm sohasidagi korxonalarning 60 foizi yopilishi mumkin. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Tailand iqtisodiyoti yil oxiriga kelib 6,5 foizga pasayishini taxmin qilgan. Jahon banki 8 mln nafardan ortiq tailandliklar ishsiz va daromadsiz qolishini bildirgan.

Tailand hozirda odatiy hayotga qaytmoqda. Maktablar ochildi: o‘quvchilar albatta niqobda bo‘lishi shart. Biznes faoliyati tiklanmoqda. Tailand hatto ayrim xorijliklar uchun chegarasini ham ochdi. The New York Times gazetasining yozishicha, o‘tgan haftada misrlik harbiy uchuvchida koronavirus tasdiqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u karantin rejimini buzgan va kurort shaharlardan biridagi savdo markaziga borgan. Endilikda ushbu hududdagi maktablar yana vaqtinchalik yopilgan, deb yozadi gazeta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandning koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati siri nimada?