1 869
BMT milliardlab insonlarga pul tarqatish koronavirus tarqalishini sekinlashtirishini bildirdi
Qashshoqlikda yashayotgan 2,8 milliardga yaqin inson pul mablag‘lari olishi kerak va bu koronavirus tarqalishi sur’atini sekinlashtiradi. BMTning «Vaqtinchalik asosiy daromad: rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoq va muhtoj insonlar himoyasi» deb nomlangan hisobotida ana shunday taklif ilgari surilmoqda.
Tashkilot jiddiy moliyaviy muammoga duch kelgan insonlarga pul tarqatishni maslahat bermoqda. Shunda ular ishlamasdan uylarida o‘tirishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, jami 1,07 milliard kishi qashshoqlik yoqasida yashamoqda, yana 1,71 milliard kishi esa «qashshoqqa aylanish xavfi ostida».
Dastur oyiga 199 milliard dollarga tushadi deb baholanmoqda. U 132ta rivojlanayotgan mamlakatga taalluqli. Pul aholining yashash joyi, fuqaroligi yoki ish shaklidan qat’i nazar berilishi lozim. Faqat oilada necha kishi pul topishi hisobga olinishi kerak xolos.
Hisobotda bunday mamlakatlarni 2020 yilda 3,1 trillion dollar deb baholanayotgan davlat qarzlari bo‘yicha majburiyatlardan qisman ozod qilish taklif etilgan. Saqlab qolingan mablag‘lar bevosita to‘lovlarga sarflanishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi