06:29 / 24.07.2020
3 407

Tramp Putin, Erdo‘g‘on va Si Szinpinni kuchli aql egalari deb atadi

Tramp Putin, Erdo‘g‘on va Si Szinpinni kuchli aql egalari deb atadi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Xitoy rahbari Si Szinpinni kuchli aql egalari deb tarifladi. Bu haqda Fox News nashriga tayanib «RBK» ma’lum qildi.

Bir mamlakat prezidentida bo‘lishi kerak bo‘lgan kognitiv qobiliyatlar haqida gapirganda, Tramp kuchli aql egasi bo‘lish asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidladi.

«Sizga shuni ayta olamanki, Xitoy rahbari Si Szinpin kuchli aqlga ega, Rossiya prezidenti Putin kuchli aqlga ega, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kuchli aqlga ega», – dedi Tramp.

AQSH prezidenti, shuningdek, saylovlardagi raqibi Jo Bayden aqliy salohiyatni tekshiruvchi testdan o‘tishi kerakligini ta’kidladi. Trampning aytishicha, Bayden 77 yoshda va prezident bo‘lish uchun undan ruhiy salomatlik talab etiladi.

Trampning o‘zi ilgari bunday sinovdan o‘tganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu juda qiyin, ammo shunga qaramay, prezident yaxshi natija ko‘rsatgan.

Iyul oyi boshida Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Amerika prezidenti boshqa davlat rahbarlari bilan muzokaralarga yaxshi tayyorlanmasligini aytdi.

Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbari o‘zining maslahatchilariga quloq solmaydi, muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha materiallarni o‘qimaydi va o‘zi gapirishni afzal ko‘radi. Shu sababli, u boshqa dunyo rahbarlari bilan, shu jumladan, kun tartibidan doim xabardor va maqsadlari aniq bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan teng sharoitda gaplasha olmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Putin, Erdo‘g‘on va Si Szinpinni kuchli aql egalari deb atadi