Foto: «Yandex.ua»
Vetnamning Danang shahri va uning atrofidagi provinsiyalarda yangi tipdagi koronavirus chaqirgan koronavirus infeksiyasi tarqalishi qayd etildi — u oldingilariga qaraganda tajovuzkorroq va xavfliroq. Bu haqda Vetnam hukumati axborot portalida xabar berilgan.
Ayni vaqtda yangi tipdagi virusni yuqtirishning to‘rtta holati ma’lum — bemorlardan ikki nafari sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi apparatiga ulangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, virus juda tez ko‘paymoqda va bemorlarning ahvolini juda tez yomonlashtirmoqda.
Ekspertlar virus paydo bo‘lishining ikkita yo‘lini taxmin qilishmoqda: mamlakatga noqonuniy muhojirlar bilan kirib kelishi yoki Danang shifoxonalaridan birida virusning mutatsiyaga uchrashi.
Jons Xopkins universiteti loyihasining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, Vetnamda 420 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan. Dunyo bo‘yicha umumiy kasallanganlar soni 16 milliondan oshib ketgan. Pandemiya dunyoning 188 mamlakatini qamrab olgan.
Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019 yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan. 11 mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin