Najib Razzoq / Foto: AP
2008-2018 yillarda Malayziyaning bosh vaziri bo‘lgan Najib Razzoq xizmat mavqeini suiiste’mol qilganligi uchun 12 yilga qamaldi.
Tergovchilar sobiq bosh vazir tomonidan asos solingan Malayziya suveren jamg‘armasidan 4 milliard dollar o‘g‘rilanganini isbotladilar.
Razzoqning partiyasi 2018 yil mayida parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan edi. Razzoq bosh vazirlikdan iste’foga chiqqach, unga nisbatan 681 million dollar mablag‘ni talon-toroj qilish, pora olish, pullarni yuvish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish holatlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.
Najib Razzoq korrupsiyaga aloqadorlik ayblovi bilan 2018 yil iyul oyida hibsga olindi. Malayziya politsiyasi unga nisbatan 681 million dollarning noqonuniy o‘zlashtirishi bilan bog‘liq 21 holat bo‘yicha ayblov e’lon qildi.
Keyinchalik u umumiy qiymati 1,5 mlrd ringgitga (367,9 million dollar) teng miqdordagi soliqni to‘lamaganlikda gumon qilindi. Bu ishlar bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi