Foto: Xinhua
Bangladeshda musson yomg‘irlar bir oydan beri tinmayotgani sababli mamlakat hududining 37 foizi suv ostida qoldi. Bu haqda Suv zaxiralari va toshqinlarni boshqarish instituti professori Sayful Islom The Daily Star nashriga ma’lum qildi.
Olim sun’iy yo‘ldoshlardan olingan oxirgi suratlarni o‘rganib chiqqan. Uning aytishicha, mamlakatning pastqam hududlari aholisi bir oydan ko‘proq vaqtdan beri toshqin sharoitlarida yashamoqda.
Olimning ta’kidlashicha, 1998 yilda Bangladeshning 68 foizga yaqini, 1988 yilda 61 foizi, 2007 va 2017 yillarda 42 foizi hamda 2004 yilda 38 foizi suv ostida qolgan.
U joriy toshqinlarni oxirgi 22 yil ichida eng uzoq davom etayotgan deb atagan. Bu holat 32 kundan beri davom etmoqda va olim yaqin 2 hafta ichida suv kamayishi alomatlarini ko‘rmayotganini aytgan.
Vaziyat, aksincha, mamlakat shimolida yanada yomonlashishi mumkin. Bu yerda 31 iyulda Tista va Dxarla daryolarida va poytaxt Daqqa atrofida suv sathining ko‘tarilishi kutilmoqda.
Xalqaro Qizil Xoch tashkilotining 24 iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, Bangladeshda toshqinlar oqibatida 550 kishi halok bo‘lgan, 9,6 mln kishi jabr ko‘rgan. BMTda ta’kidlanishicha, ushbu toshqinlar 1988 yildan beri eng uzoq davom etuvchi bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi