20:49 / 30.07.2020
2 498

Bangladeshning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i suv ostida qoldi

Bangladeshning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i suv ostida qoldi
Foto: Xinhua
Bangladeshda musson yomg‘irlar bir oydan beri tinmayotgani sababli mamlakat hududining 37 foizi suv ostida qoldi. Bu haqda Suv zaxiralari va toshqinlarni boshqarish instituti professori Sayful Islom The Daily Star nashriga ma’lum qildi.

Olim sun’iy yo‘ldoshlardan olingan oxirgi suratlarni o‘rganib chiqqan. Uning aytishicha, mamlakatning pastqam hududlari aholisi bir oydan ko‘proq vaqtdan beri toshqin sharoitlarida yashamoqda.

Olimning ta’kidlashicha, 1998 yilda Bangladeshning 68 foizga yaqini, 1988 yilda 61 foizi, 2007 va 2017 yillarda 42 foizi hamda 2004 yilda 38 foizi suv ostida qolgan.

U joriy toshqinlarni oxirgi 22 yil ichida eng uzoq davom etayotgan deb atagan. Bu holat 32 kundan beri davom etmoqda va olim yaqin 2 hafta ichida suv kamayishi alomatlarini ko‘rmayotganini aytgan.

Vaziyat, aksincha, mamlakat shimolida yanada yomonlashishi mumkin. Bu yerda 31 iyulda Tista va Dxarla daryolarida va poytaxt Daqqa atrofida suv sathining ko‘tarilishi kutilmoqda.

Xalqaro Qizil Xoch tashkilotining 24 iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, Bangladeshda toshqinlar oqibatida 550 kishi halok bo‘lgan, 9,6 mln kishi jabr ko‘rgan. BMTda ta’kidlanishicha, ushbu toshqinlar 1988 yildan beri eng uzoq davom etuvchi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i suv ostida qoldi