- Men har doim musulmon axloqida "savob" tushunchasiga qiziqib kelganman. Bu "savob" nima degani, bu Xudo tomonidan qilingan yaxshi ish uchun mukofot degan ma’noni anglatadi, biroq uning xossasi menga juda aniq emas, lekin bu mukofotlarning yig‘indisi, agar banda gunohlarining umumiy sonidan oshsa, musulmonga o‘limdan keyin jannatga kirishga imkon beradi.
Birinchidan, bu tushuncha, hech kimdan qarzdor bo‘lmagan va insonning taqdirini faqat o‘z xohishi bilan boshqaradigan ("Alloh xohlasa") Allohning to‘la qudrati g‘oyasiga zid kelganga o‘xshaydi. "Savob" tushunchasi bu fatalizm (qazoi qadarga ishonish)ni chiniqtiradi va musulmonning nuqtai nazariga, unga deyarli kafolatlangan Xudoning inoyatidan umidvor bo‘lishiga imkon beradigan faol xislatlarni kiritadi. Bu odam uchun doimiy ravishda o‘z harakatlari va ishlarini oqlash va rejalashtirish uchun foydalanadigan juda kuchli axloqiy motivator.
Ikkinchidan, savob xuddi mablag‘dek to‘planishi mumkinligi, har bir xayrli ishning o‘ziga xos "bahosi" borligi, bu savoblarni hatto yaqinlaringizga o‘tkazish mumkinligi juda qiziq. Bunday "kapitalizm" axloqiy xatti-harakatlarga juda ratsional yondashuvni joriy qiladi, "foyda ortidan quvish" g‘oyasini ilgari suradi, axloqni butunlay xayriya korxonasiga aylantiradi, - deydi Sergey Abashin.
Ma’lumot uchun: Sergey Abashin - tarix fanlari doktori, etnolog va antropolog. 1990 yilda u O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda dala tadqiqotlari bilan shug‘ullana boshlagan. Yetti yil o‘tgach, u "Zamonaviy o‘zbek qishlog‘idagi ijtimoiy munosabatlar" mavzusida, 2008 yilda - "O‘rta Osiyoda etnografik bilimlar va davlat qurilishi: 9-11 asrlardagi sartlar muammolari" tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Yoqub Umar tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi