08:53 / 24.08.2020
1 595

Havoning ifloslanganligi koronavirusdan o‘lim xavfini oshirishi ma’lum qilindi

Havoning ifloslanganligi koronavirusdan o‘lim xavfini oshirishi ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Ifloslangan havo koronavirusdan o‘lim xavfini sezilarli oshirishi mumkin. Britaniya milliy statistika xizmati mutaxassislari pandemiya vaqtida qayd qilingan 46 mingta o‘lim holatini tahlil qilib shunday xulosaga kelishdi.

Ularning ta’kidlashicha, havoning bir kubmetrida qattiq zarralarning bir mikrogrammga oshishi koronavirusdan o‘lim darajasining 6 foizga oshishiga olib keladi. Ularning bu xulosalari boshqa davlatlarda, jumladan AQSH va Niderlandiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi va megapolislarda kichiqrok shaharlarga qaraganda koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘proq (foiz hisobida) qayd qilinganini tushuntiradi.

Britaniyalik olimlarning tadqiqotida ta’kidlanishicha, atmosferada azot dioksidi NO2’ miqdori ko‘payishi ham o‘lim darajasi oshishiga olib keladi. Britaniya uchun bu muhim holatdir, chunki ushbu mamlakatdagi shaharlarda azot dioksidi darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yorlardan ko‘proqni tashkil qiladi.

Ushbu ikki omil koronavirusdan o‘lim holatlari shaharlarning eng ifloslangan hududlarida yashovchi etnik ozchiliklar orasida eng ko‘p qayd qilinishining sababi hisoblanadi.

Ekspertlar ushbu masalani o‘rganishni davom ettirishmoqchi. Ular o‘limga olib kelgan boshqa omillarni istisno qilish uchun barcha vafot etgan bemorlarning shaxsiy jihatlarini hisobga olishlari lozim.

Bu orada Leyboristik partiya deputatlari bu borada tayyorlangan ma’ruza bilan “qurollanib”, koronavirusning ikkinchi to‘lqini oqibatlarini yumshatish uchun hukumatni havo ifloslanligiga qarshi tezkor choralar qabul qilishga chaqirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Havoning ifloslanganligi koronavirusdan o‘lim xavfini oshirishi ma’lum qilindi