“Tolibon” o‘zbek faolini hibsga oldi: uning taqdiri noma’lum qolmoqda

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida o‘zbek madaniyat faoli Mas’ud Temur hibsga olingani xabar qilinmoqda.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, u 19 iyun kuni Fayzobod shahrida “Tolibon” razvedka kuchlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shundan beri uning qayerda ekani va ahvoli haqida aniq ma’lumot berilmayapti.
Aytilishicha, Temur ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistondagi turkiy etnik guruhlar huquqi va o‘zligini himoya qilib kelgan.
Shuningdek, u Hirotdagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
“Tolibon”ning Badaxshondagi mahalliy rasmiylari hozircha holat yuzasidan izoh bermagan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…