Foto: «Yandex»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ni qayta yuqtirishni istisno qilmaydi, lekin bu kamdan-kam uchraydigan holat, dedi JSST rasmiy vakili Margaret Xarris.
«Odamlarda test natijasi avval salbiy, keyin esa musbat chiqqanligi haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan eshitib turibmiz. Chindan ham, qayta yuqtirishganmi yoki test o‘tkazishda muammo bo‘lganmi, degan masala hozirga qadar noma’lumligicha qolmoqda. Biroq shuni ta’kidlash muhimki, bunday vaziyatlar nihoyatda kam uchramoqda. Qariyb 23 milliontaga bitta-ikkita holat. Ehtimol, shunga o‘xshash holatlarni yana uchratarmiz, lekin ular muntazam bo‘lmaydi», — dedi u Gonkongdagi qayta yuqtirish holatini izohlar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat immunitet qanday hosil bo‘lishi, qancha davom etishi, vaksina qanday ta’sir o‘tkazishini tushunish uchun nihoyatda muhim. Xarrisning ta’kidlashicha, JSST COVID-19ga qarshi vaksina tabiiy immunitetdan ko‘ra virusga nisbatan barqarorroq immunitet hosil qilishidan umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi