23:45 / 27.08.2020
2 233

Singapurlik talaba tarvuzdan o‘yin pristavkasini yasadi (video)

Singapurlik talaba tarvuzdan o‘yin pristavkasini yasadi (video)
Singapur menejment universitetida informatsion tizimlarni o‘rganuvchi talaba YouTube’da Cedishappy taxallusi ostida ijod qiluvchi bloger dunyoda birinchi marta tarvuzni o‘yin pristavkasiga aylantirdi. Yigit o‘z ishlanmasini Watermelon Boy deb atadi.

O‘yin pristavkasini yaratishga bloger karantin paytida ilhomlandi. U buning uchun qo‘lda tutib turish oson bo‘lgan kichikroq tarvuzdan foydalandi.

Gadejt uchun unga Raspberry Pi mini kompyuteri, kontroller-tugmalar, ovoz kuchaytirgichlar, kichik displey, sim va power bank ham kerak bo‘ldi.
Talaba bularning hammasini ichi o‘yib tozalab olingan tarvuzga joylashtirdi.

So‘ngra u hamma komponentlarni sozladi, Game Boy advance pristavkasi emulyatorini o‘rnatdi hamda 16 yil avval chiqarilgan Pokemon Emerald o‘yinini yuklab oldi. O‘yin pristavkasini yoqqanida esa hamma narsa ishlab ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapurlik talaba tarvuzdan o‘yin pristavkasini yasadi (video)