YouTube tarmog‘ida kuchuk uysiz va och qolgan mushukka yegulik olib kelgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Life xabar berdi. Video uy hayvoni egasi tomonidan tasvirga olingan.
Xitoyning Shandun viloyatida yashovchi qiz ta’sirli voqeaning guvohi bo‘ldi. Qizning aytishiga ko‘ra, dastlab Puding ismli itining uvillagan ovozi eshitiladi. U nima bo‘layotganini bilish uchun tashqariga chiqadi va iti o‘z yeguligini tishlab uyasidan olib chiqadi, so‘ng boshpanasiz qolgan, qorni och mushukka olib borganini ko‘radi.
Qizning ta’kidlashicha, mushuk dastlab unga mehribonlik qilayotgan kuchukdan qo‘rqqan va zinadan pastga tushmagan, ammo buni sezgan kuchuk biroz ortga chekingan va uning yaqinlashishiga imkon berib, masofani saqlagan.
«Men avvaliga u bulochkani mushukni ushlash yoki unga qarshi kurashish uchun o‘lja sifatida foydalanadi, deb o‘yladim. Bundan keyin nima bo‘lishini tasavvur ham qila olmasdim. Puding unga ovqat berdi, biroz ortga chekindi va mushukni qo‘rqitmaslik uchun masofani saqladi», — deya Pudingning egasi o‘z hissiyotlari bilan bo‘lishdi.
Mushuk ovqatni olishi bilan qayergadir qochib ketdi. «Men bu vaziyatda aqldan ozay dedim, chunki kuchugimiz qo‘riqchi it, u odatda o‘zining ovqatiga juda ehtiyotkor edi», — deydi uning egasi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi