Foto: AP
Boltiq davlatlari - Latviya, Litva va Estoniya Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va belaruslik yana 29 rasmiy shaxsga o‘z hududlariga kirishni taqiqladi. Bu haqda ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirliklari e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, Belarusning 30 nafar mansabdor shaxsiga noaniq muddatga Boltiq davlatlari hududiga kirish taqiqlangan.
Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalning ta’kidlashicha, Boltiq davlatlari bu sanksiyalar bilan Belarusda yuz berayotgan voqealarga jiddiy munosabatda ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Ushbu davlatlar rahbarlari Belarus rahbariyatini inson huquqlarini buzishda ayblamoqda.
“Qora ro‘yxat”ga Lukashenkodan tashqari Belarus markaziy saylov komissiyasi vakillari, Belarus prezidenti ma’muriyati xodimlari, kuch tuzilmalarining bir qator yuqori lavozimli shaxslari tushgan.
Boltiq davlatlari ushbu sanksiyalarni kiritish haqidagi qarorni 21 avgustda qabul qilgan, biroq “qora ro‘yxat” bo‘yicha kelishuvga erishish va uni rahbariyatga taqdim etish uchun 10 kun vaqt ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi