Foto: Reuters
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda «RBK».
Qayd etilishicha, amerikalik tadbirkor hozirda 115,4 milliard dollarga ega. U 110,8 milliard dollarga ega bo‘lgan Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi.
Ro‘yxatning boshida Amazon rahbari Jeff Bezos, keyin Microsoft asoschisi Bill Geyts turibdi. Bloomberg Bezosning boyligini 200 milliard, Geytsning boyligini 125 milliard dollarga baholamoqda.
49 yoshli Maskning boyligi bu yil 87,8 milliard dollarga o‘sdi. Bunga sabab Tesla aksiyalari narxi yil boshidan beri qariyb 500 foizga ko‘tarilgan.
Sayyoradagi eng boy odamning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy ayolga aylandi. U 66,4 milliard dollarga egalik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 10 iyul kuni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 7-o‘ringa, 20 iyul kuni 5-o‘ringa va 17 avgust kuni esa 4-o‘ringa ko‘tarilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?