Foto: «Pixabay/StephanieAlbert»
Qariyb ikki kilogramm mahalliy qumni olib Sardiniyadan uchib ketishga uringan fransiyalik sayyoh ming yevro jarimaga tortildi, deya xabar berdi CTV News.
Orolning o‘rmon qo‘riqchilari sayohatchidan bir shisha qumni musodara qilishgan. Bir yil ichida bunday o‘g‘irliklar juda ko‘p sodir etiladi.
2017 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Sardiniya plyajlaridan qum olib chiqib ketish noqonuniy hisoblanadi. Qumning qayerdan «o‘g‘irlangani» va miqdoriga qarab 500 dan 3000 yevrogacha jarima solinadi. Ayniqsa, rangli, pushti yoki oppoq qumli plyajlar alohida nazoratga olingan.
Hatto, o‘tgan yili qumni suvenir sifatida sotgan sayt ham fosh etildi. Ekspertlarning aniqlashicha, o‘tgan uch yil davomida nazorat o‘ta kuchaytirilgan. Plyajlarni politsiya nazorat qiladi. Sayyohlarning qum o‘g‘irlayotganini ko‘rgan oddiy fuqarolar ham hukumatga murojaat qilishyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi