16:22 / 09.09.2020
3 101

«Maska rejimi»ni buzganlar tobutga solinib, sazoyi qilindi

«Maska rejimi»ni buzganlar tobutga solinib, sazoyi qilindi
Indoneziyada amaldagi niqob taqish tartibini buzganlar tobutga solinib, ko‘chalarda sazoyi qilingan. Bu haqda The Jakarta Post gazetasi xabar berdi. Mamlakatning ayrim provinsiyalarida ko‘ngillilar niqobda yurishni istamayotgan aholiga qarshi mana shunday noodatiy usulda kurashishgani ma’lum bo‘ldi.

Masalan, Sharqiy Yavadagi Probolingo shahrida tekshiruv paytida niqobsiz bo‘lgan 50 nafar savdogar katafalkda «sayr» qildirilgan. Shu asnoda ularga niqob ham berilgan. Tobutga esa "COVID-19dan vafot etganlarni tashish uchun" degan yozuv ham bor edi. O‘z navbatida qoidabuzarlarga ma’ruzalar o‘qilgan. Hatto ayrimlariga bozor ozodaligini ta’minlash va kanalizatsiya zovurlarini tozalash bilan bog‘liq uch oylik axloq tuzatish jazosi ham tayinlangan.

Poytaxt Jakartada esa quloqsiz fuqarolar soxta tobutga yotqizib qo‘yilgan. Qolganlar esa ularni hech qanday to‘siqsiz surat olishdi. Qonunbuzarga esa bu paytda yuzini to‘sishgagina ruxsat berilgan.

Sharqiy Jakarta jamoatchilik tartibini saqlash agentligi rahbari Budxi Novianning aytishicha, befarq va beparvo odamlarda koronavirusga chalinib, haqiqiy tobutga tushish xavfi bor.

«Biz barcha niqob taqib yurish zarur ekanligi, agar ular asosiy protokollarni buzishsa, virusga chalinib, eng yomon holatda hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini tushunishlarini xohlaymiz», — dedi u.

Ammo hukumat o‘z vaqtida soxta tobut bilan bog‘liq bunday «samosud»larni taqiqladi.
Shunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bergan tartib posbonlariga esa «Xayfsan» berilgan.

Mutasaddilar esa jarimalar va jamoatchilik ishlari ko‘rinishidagi jazolarning o‘zi aholini tibbiy niqob taqib yurishiga majbur qilishidan umidvor ekanliklarini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Maska rejimi»ni buzganlar tobutga solinib, sazoyi qilindi